Bizning missiya — foydalanuvchilarning o‘zaro aloqasini muntazam ravishda yaxshilash, odamlarga o‘z maqsadlari sari harakat qilishda yordam berish.

2014-yildan buyon biz mijozlarga avtomobildagi safarlarni mobil ilova, sayt yoki operatorga qo‘ng‘iroq orqali buyurtma qilish, hamyonbop narxlarda safarlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etib kelmoqdamiz. Ratsiya bilan yurgan haydovchilar ishlash uchun qulay ilovaga va ko‘proq buyurtmalarga ega bo‘ldi.

Dastlab Tbilisida ish boshlab, boshqa shaharlarda ham zamonaviy servisni ochmoqdamiz, xizmatlar va tariflar turlarini kengaytirmoqdamiz. Servisda nafaqat turli klassdagi yengil avtomobillarda safarlarni, balki yuk tashish, yo‘lda haydovchilarga yordam, sotib olish va yetkazib berish xizmatlarini ham buyurtma qilish mumkin.

Har bitta shaharda biz raqobatni kuchaytirmoqdamiz, odamlar va iqtisodiyot manfaati uchun ishlamoqdamiz, aholining transportdan foydalanish imkoniyatini va harakatchanligini oshirishga yordam bermoqdamiz, ish o‘rinlarini yaratmoqdamiz, haydovchilar, kuryerlar va boshqa buyurtma ijrochilariga o‘zaro manfaatli shartlar asosida pul ishlab topishda yordamlashmoqdamiz.

Bizning servisimiz turli foydalanuvchilarga samarali o‘zaro hamkorlik imkoniyatini taqdim etadi. Xizmatlarni buyurtma qilish qulay usulda amalga oshiriladi. Buyurtmalarni bajarish — ularni qidirish jarayonlarini qulaylashtirib, bo‘sh yurish va turib qolishlarni qisqartirgan holda amalga oshiriladi.

Biznesni yuritishga innovatsion yondashuvimiz hamda foydalanuvchilarning o‘zgarib turuvchi talablariga javob berish istagimiz orqali transport xizmatlari zamonaviy bozorining o‘zgarishi va shakllanishida faol qatnashmoqdamiz.

Biz jahon bozori yetakchilari bilan tengma-teng tarzda biznes barpo etishdan mamnunmiz.

Yo‘lga chiqish vaqti keldi!